O'zbekiston aeroportlarida koronavirusni aniqlash bo'yicha majburiy test joriy etilmoqda

Ma’lum qilinishicha, narxi 5 dollarni tashkil etayotgan ekspress-test natijasi taxminan 15 daqiqada ma’lum qilinadi. Talabalarga 50 foiz chegirma; I va II guruh nogironlari uchun tekin; 2 yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlardan esa test olinmaydi.

Uzbekistan Airports'ning e’lon qilishicha, bunday tartib Maxsus komissiyaning 11-yanvardagi yig‘ilishi bayonida e’lon qilingan.

Xususan, 15-yanvardan boshlab, Davlat bojxona qo'mitasi va Sanitariya-epidemiologiya farovonligi xizmati bilan birgalikda, O'zbekistonning barcha xalqaro aeroportlari uchib kelish zallarida ekspress-test punktlari tashkil etiladi.

Maxsus komissiya qarori bilan O'zbekistonga kelgan barcha yolovchilar aeroportlarda majburiy ekspress-testdan o'tkaziladi. Test Davlat bojxona qo'mitasining Markaziy laboratoriyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Agar test natijasi pozitiv chiqsa, yo‘lovchi izolyatsiyaga olinadi.

O‘zbekistonga uchayotgan yo‘lovchilardan manfiy PZR-test natijasini so‘rash ham davom etadi.

PS: PZR-test parvozdan ko‘pi bilan 48 soat oldin topshirilgan bo‘lishi kerak.