O'zbekiston Afg'onistonga gumanitar yordam ko'rsatdi

2021 yil 11-iyun kuni Xayraton shahrida (Afg'oniston) pandemiyaning uchinchi to'lqinidan zarar ko'rgan afg'on xalqiga 1000 dona kislorodli ballonlarni tarqatish bo'yicha tadbir bo'lib o'tdi.

Balx viloyati gubernatori Farhod Azimiy O'zbekiston tomonidan ko'rsatilayotgan yordam Afg'oniston xalqiga haqiqiy birodarlik munosabati namunasi ekanligini ta'kidladi.

Shunisi e'tiborga loyiqki, Xayraton aholisi O'zbekiston Prezidentiga samimiy minnatdorlik bildirib, hamda Shavkat Mirziyoyev yordam kerak boʻlgan paytida birinchi davlat boshligʻi boʻlib qoʻllab-quvvatlaganini gapirib tasdiqladi.