O'zbekiston bilan Rossiya o'rtasidagi hududlararo hamkorlik forumi bo'lib o'tdi

 
Joriy yilning 17 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Moskva shahridagi Rossiya Federatsiyasiga tashrifi arafasida gibrid shaklda O'zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o'rtasidagi hududlararo hamkorlik ikkinchi forumi bo'lib o'tdi.
 
Forumni o'tkazishdan maqsad-O'zbekiston va Rossiya hududlarining to'g'ridan-to'g'ri biznes aloqalari va amaliy hamkorligini yo'lga qo'yish va mustahkamlash uchun yagona makon yaratish.
 
Qayd etilganidek, joriy yilda 50 dan ortiq o'zaro tashriflar amalga oshirildi; faqat oxirgi oylarda O'zbekiston Respublikasining barcha 14 ta hududi rahbarlari Rossiya Federatsiyasining 26 ta subyektiga tashrif buyurdilar. Hamkorlikning bunday shakli keng ko'lamli yo'nalishlarda hamkorlik qilish uchun salohiyatni o'rganishning samarali usuli sifatida o'zini namoyon qildi va o'zaro hamkorlikning aniq mintaqalararo loyihalari va dasturlarini ishlab chiqdi.
 
Forum doirasida o'tkazilgan amaliy uchrashuvlar va muzokaralar yakunida 2,7 milliard dollarlik 22 ta ikki tomonlama idoralararo va mintaqalararo bitimlar, jumladan, O'zbekiston Respublikasi hukumati va Rossiya Federatsiyasi hukumati o'rtasida 2022-2026 yillarga mo'ljallangan iqtisodiy hamkorlik kompleks dasturi imzolandi.