O'zbekiston bir qator elektrobuslarni sotib oladi

BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologiya jamg‘armasi ko'magi bilan Toshkent shahri uchun elektrobuslar sotib olinadi, deb xabar bermoqda mintrans.uz matbuot xizmati.

Loyiha doirasida Toshkent shahri jamoat transporti uchun elektrobuslarni xarid qilinadi. 6 yil muddatga mo‘ljallangan loyihaga donorlar BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologiya jamg‘armasi tomonidan 3,9 mln.doll. mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu loyiha Toshkent shahrida jamoat transportida elektrotransportdan jadal ravishda foydalanishni joriy etish yo‘li bilan atrof - muhit sifatini yaxshilashga hamda atmosfera havosiga chiqarilayotgan zararli moddalar miqdorining sezilarli darajada kamaytirilishiga yo‘naltirilgan. Sinovdan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining boshqa shaharlarida ham joriy etilishi mumkin.