O'zbekiston Cotton Campaignning o'zbek paxtasiga boykotni bekor qilish qarorini olqishlaydi

O‘zbekiston Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasining o‘zbek paxtasiga boykotni bekor qilish qarorini olqishlaydi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov bayonot berdi.
“12 yildan ortiq amal qilgan boykot mamlakatimizda 2021-yilgi paxta terimi mavsumida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yoʼl qoʼyilmagani munosabati bilan bekor qilindi” — dedi u.
“Bundan ilgariroq Xalqaro mehnat tashkiloti Oʼzbekiston paxtachiligida tizimli bolalar mehnati va majburiy mehnatga chek qoʼyilganini eʼtirof etdi”, — deya qoʻshimcha qildi Asadov.
“Bularning barchasi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan inson qadrini ulugʼlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bundan buyon ham qatʼiy davom ettirilishi va ular ortga qaytmasligidan dalolatdir”, – dedi u.






