O'zbekiston delegatsiyasi Qozon shahrida bo'ldi

Hozirda Toshkent shahar hokimi Jaxongir Ortiqxo'jaev, uy-joy kommunal xizmat vaziri Sherzod Hidoyatov, Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov va ularning delegatsiyalari Tatariston poytaxti Qozon shahridalar.

 

17-18 may kunlari rejalashtirilgan tashrifning maqsadi tajriba almashish va Qozon shahridagi uy-joy kommunal xo'jaligi, shaharsozlik, arxitektura, landshaft dizayni, jamoat transporti, shuningdek ijtimoiy va infratuzilma ob'ektlarini o'rganishdir.

 

Shuningdek, tashrif doirasida O'zbekiston delegatsiyasi Qozon meri Ilsur Metshin bilan uchrashdi va 2021-2022 yillarda savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamda shaharsozlik sohasida amaliy hamkorlikni kengaytirish bo'yicha muzokaralar olib bordi. Gorkinsko-Ometyevskiy o'rmon parki, Tatariston Respublikasi Milliy kutubxonasi, Oq gullar bulvari, “Uram” ekstremal parki, “Art City” turar joy majmuasi, Nijniy Kaban ko'li, o'quv, sport va boshqa obyektlarni tekshirish ishlari olib borildi.