O'zbekiston dunyodagi xavfsiz davlatlardan biri siftida qayd etildi

“International SOS” 2022-yilda dunyodagi eng xavfli davlatlar va eng xavfsiz mamlakatlar qayd etilgan hisobotni taqdim etdi. Unga ko’ra, Afgʻoniston, Markaziy Afrika Respublikasi, Suriya, Ukraina va yana bir qancha davlatlar eng xavfli deya keltirilgan bo’lsa, AQSH, Ispaniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Qatar, Fransiya singari O’zbekiston ham eng xavfsiz davlat deya e’tirof etilgan.

“Zo‘ravonlik jinoyatlari darajasi juda past. Hech qanday siyosiy tazyiq, fuqarolarning tartibsizliklari va chet elliklarga nisbatan diniy yoki irqiy tajovuz kuzatilmaydi. Xavfsizlik va favqulodda vaziyatlar xizmatlari samarali va infratuzilma mustahkam. Transport xizmatlari yuqori standartlarga ega, xavfsizlik qoidalari kuchli va faqat vaqti-vaqti bilangina sayohatlar to'xtatilishi mumkin",- deya ta'rif berilgan xavfsizlik yuqori bo'lgan mamlakatlarga.

Shuningdek, hisobotda 2022-yilda tashrif buyurish uchun eng xavfli davlatlar sifatida Iroq, Liviya, Mali, Somali, Janubiy Sudan va Yaman ham xavfli deya qayd etilgan. Kongo, Misr, Nigeriya va Pokiston "sayohat xavfsizligi uchun ekstremal xavf" sifatida baholangan mintaqalar ro'yxatiga kiritilgan.