«O‘zbekiston elektr energiyasini uzib qo‘ydi, endi odamlar muammoga duch kelishmoqda» – Afg‘oniston TIV

Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaki Oʻzbekistonni oʻz mamlakatiga avvalroq tuzilgan shartnomada koʻrsatilgan hajmlarda elektr energiyasi yetkazib berishga chaqirdi.
“O‘zbekiston elektr energiyasini uzib qo‘ydi, endi odamlar muammoga duch kelishmoqda. Qardoshlik va qo‘shnichilikning ma’nosi qiyin vaziyatda hamkorlik qilish, yordam berishdir”, - deydi Muttaki.
Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Oʻzbekiston hukumati oʻz vaʼdasini bajarishi va imzolangan shartnomaga muvofiq Afgʻonistonni elektr energiyasi bilan taʼminlashi kerakligini taʼkidladi.






