Oʻzbekiston fevralda 8,1 tonna oltin sotib oldi

2023 yilning fevral oyida O‘zbekiston eng ko‘p oltin sotib olgan davlatlardan biri bo‘ldi. Jahon Oltin Kengashi maʼlumotlariga koʻra, mamlakat ushbu oy davomida 8,1 tonna oltin sotib olgan.
Umuman olganda, koʻrib chiqilayotgan davr mobaynida jahon markaziy banklari 51,7 tonna oltin xarid qilgan.
Eng yirik xaridlarni (Xitoy 24,9 tonna) va Turkiya (22,5 tonna) amalga oshirgan. Oʻzbekiston reytingda uchinchi oʻrinni egalladi.
Shuningdek, qoʻshni Qozogʻiston eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi — 13,1 tonna.






