O'zbekiston Fransiyaning Veolia kompaniyasi bilan issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirish uchun shartnoma imzolaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-avgust kuni Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish loyihasi taqdimoti bilan tanishdi.
Issiqlik ta’minoti hayot sifatini ta’minlaydigan omillardan biri. Mamlakatimizda bu tizimni takomillashtirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
O'zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirish uchun Fransiyaning “Veolia” kompaniyasining loyihasi eng samarador deb topildi. Shu kunlarda Toshkent shahar hokimligi bilan kompaniya o‘rtasida xususiy sheriklik shartnomasi imzolanishi kutilmoqda.
Loyihaga ko‘ra, “Veolia” kompaniyasi tomonidan 315 million yevro, loyiha davrida olinadigan daromad hisobidan 1 milliard 80 million yevro yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.






