Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi doping nazoratini kuchaytiradi

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va Antidoping agentligi vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda barcha yoshdagi terma jamoalar, klublar va futbol akademiyalarida doping nazoratini yanada kuchaytirish, futbolchilar o‘rtasida taqiqlangan va zararli moddalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni targ'ib qilish muhimligi ta'kidlandi.
Murabbiylar va tibbiyot xodimlarini ushbu yo'nalishda bilimlarini oshirish zarurligi qayd etildi. Ichki chempionatlarda xalqaro doping nazorati standartlarini qat‘iy joriy etish masalasi muhokama qilindi.
Maʼlumot uchun, Osiyo Futbol konfederasiyasi Tartib-intizom qo‘mitasi O‘zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi futbolchisi Shaxriyor Jabborovning doping testida “taqiqlangan modda aniqlangani” sababli uni vaqtincha diskvalifikasiya qilgan edi.
O‘FAga koʻra, tekshiruv hali yakunlanmagan, uning ehtiyotsizlik sabab sifatsiz biologik faol moddalar iste’mol qilgan bo‘lishi ehtimoli o‘rganilmoqda.






