O'zbekiston hududida yana yengil yer qimmirlashlari sezildi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko'ra bugun Toshkent vaqti bilan 07:53 da va 08:50 da Тojikistonda zilzila sodir bo'ldi. Zilzila koordinatalari: 39,37 gradus shimoliy kenglik; 69,79 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=4,9. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 216 km janubiy-sharqda.

O'zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:
Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 152 km.
Jizzax viloyatida 2 ball, 188 km.
Farg'ona viloyatida 2 ball, 204 km.
Toshkent shahrida 2 ball, 216 km.
Namangan viloyatida 2 ball, 242 km.

Eslatib o'tamiz, bugun Toshkent vaqti bilan 01:07 da ham yer silkinish hodisasi ro‘y bergan edi. Zilzila epitsentri Toshkentdan 217 km janubiy-sharqda.

Zilzilaning O‘zbekiston hududida sezilish kuchi quyidagicha edi:

Sirdaryo viloyatida 5 ball.
Farg‘ona viloyatida 5 ball.
Jizzax viloyatida 5 ball.
Toshkent shahrida 5 ball.
Namangan viloyatida 4-5 ball.
Samarqand viloyatida 4-5 ball.
Andijon viloyatida 4-5 ball.
Surxandaryo viloyatida 4 ball.
Qashqadaryo viloyatida 4 ball.
Navoiy viloyatida 4 ball.
Buxoro viloyatida 4 ball.