Oʻzbekiston hududidan 9 mln tonnadan ortiq tranzit yuklari tashilgan

2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻyicha tashilgan (avtomobil va temir yoʻl transportlarida) tranzit yuklarning hajmi 9,2 million tonnani tashkil etgan,- deya qayd etilgan Statistika agentligi xabarida.
Tranzit yuklarning 7,5 mln tonnasi temir yoʻl transporti orqali (jami yuk hajmiga nisbatan 81,8 %) tashilgan bo’lsa, 1,7 mln tonnasi (jamiga nisbatan 18,2 %) avtomobil transporti orqali tashilgan.






