O'zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Rossiya bilan yaqin hamkorlikni yanada rivojlantiradi

Buning uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tarkibida Prezidentning 15.03.2021 yildagi PQ-5026-sonli Qarori bilan Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirish Boshqarmasi tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasidagi o'zaro manfaatli munosabatlarni yanada kengaytirish maqsadida "O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" Qaror qabul qilindi.

Farmon bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Rossiya bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun mas'ul vazir o'rinbosari lavozimi joriy etildi. Hujjat shuningdek, "O'zbekiston va Rossiya o'rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy va texnikaviy hamkorlik loyihalarini sifatli tayyorlash va amalga oshirish bo'yicha tizimli ishlarni ta'minlash maqsadida" Moskvada yetti kishilik xodimlarga ega Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakolatxonasini ochishni nazarda tutadi.