Oʻzbekiston Jahon bankidan 296 mln dollar qarz oldi

O‘zbekiston Jahon banki bilan 296 mln dollar miqdorida 4 ta bitim imzoladi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Jahon banki bilan O‘zbekistonda ijtimoiy obyektlarda energiya samaradorligini oshirish uchun 143 mln dollar, barqaror o‘rmonchilik va o‘rmon landshaftlarini tiklash loyihasi uchun 142 mln dollarlik qarz bitimlari imzolangan.

“Shuningdek, ikkinchi loyiha doirasida tadbirlar va konsultativ xizmatlarni moliyalashtirish uchun yana 2 ta: 8 mln va 3 mln dollarlik grant bitimlari imzolandi. Ushbu bitimlar yurtimizda yashil energiyadan keng foydalanish hamda ekologik toza muhitga erishishga xizmat qiladi”, deydi Jamshid Qo‘chqorov.