O’zbekiston JSTga a’zo bo’lish yo’lida

Joriy yilning 21-iyun kuni Jeneva shahrida Oʼzbekistonning JSTga aʼzo boʼlishi boʼyicha Ishchi guruhining 5-yigʼilishi boʼlib oʼtdi.

Tadbirda JSTga aʼzo mamlakatlarning 60 dan ortiq delegatsiyalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari va xorijiy ekspertlar ishtirok etdi.

Soʼzga chiqqan 25ta JSTga aʼzo-davlatlarning barchasi, shu jumladan АQSh, YeI, Buyuk Britaniya, Rossiya, Turkiya, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Tojikiston va boshqalar Oʼzbekistonning JSTga aʼzo boʼlishini bir ovozdan qoʼllab-quvvatlab, Tashkilotga aʼzo boʼlishi mamlakatning koʼp tomonlama savdo tizimiga toʼliq integratsiyalashuviga imkon yaratishini, barcha aʼzo davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga turtki berishini hamda global darajadagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning huquqiy tizimi kengayish jarayonini faollashtirishini taʼkidladilar.