O'zbekiston madaniy merosini o'rganish, saqlash va ommalashtirish bo'yicha butunjahon jamoyati V xalqaro kongressining tantanali ochilish marosimi

O‘zbekiston madaniy merosining qayta tiklanishi – yangi Renessans asosi. Butunjahon jamiyatining 5 yillik faoliyati sarhisobi marosimiga start berildi.

Anjumanning yalpi majlisida Qirg‘iziston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidenti M.Jumatayev, Fors tadqiqotlari Britaniya instituti Prezidenti Ch.Melvill, Drezden amaliy fanlar universiteti, turizm va tadbirlarni tashkillashtirish fakulteti rahbari A.Rodan-Pons, Markaziy Osiyo yunon-axamoniy aloqalari va tarmoqlanishi bo‘yicha mutaxassis M.Iliakis, me’mor, shaharsozlik va mintaqaviy loyihalar bo‘yicha mutaxassis Ye.Xuyberts, san’atshunoslik fanlari doktori, O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi direktori K.Akilovalar ma’ruzalar bilan ishtirok etadilar.

Ma’lumki, Markaziy Osiyo — boy madaniy va ilmiy merosga ega bo‘lgan, insoniyat sivilizatsiyasining eng qadimiy beshiklaridan biridir. Qit’alararo savdo va madaniy yo‘llar chorrahasida joylashgan bu mintaqa ma’rifat, ilm-fan va ta’lim, fikrlash, e’tiqod, tajriba o‘rganish, shuningdek, hunar o‘rganish markazi hisoblangan.