O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng xavfsizi deb topildi

“World Population Review” tadqiqot portali tomonidan eʼlon qilingan 2023 yildagi jinoyatchilik darajasi eng yuqori bo‘lgan davlatlar reytingida Oʻzbekiston 136 mamlakat ichida 99-oʻrinni egalladi. Respublika fuqarolarining har 100 ming nafaridan 33,42 nafari jinoyat sodir etgan.

Reytingda Venesuela, Papua-Yangi Gvineya va Janubiy Afrika yetakchilik qilmoqda. Tayvan, Birlashgan Arab Amirliklari va Qatar esa jinoyatchilik darajasi kam boʻlgan davlatlar sifatida qayd etilgan.

Markaziy Osiyo davlatlari ichida Qirg‘iziston 31-o‘rindan joy oldi. Mamlakatda har 100 ming aholidan 56,87 kishi jinoyatga qoʻl urgan.

Qozog‘istonni reytingning 40-o‘rinida koʻrish mumkin. Tadqiqotchilarga koʻra, mamlakatning 100 ming aholisidan 53,77 nafari jinoyat sodir etgan. Reytingga Tojikiston va Turkmaniston kirmagan.