O‘zbekiston - MDH: tovar ayirboshlash hajmi ortib bormoqda

Hamdo'stlik ijroiya qo'mitasi matbuot xizmati xabariga ko’ra, o'tgan yili O'zbekistonning MDH mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi uchdan biriga oshgan. Shuningdek, mingdan ortiq qo'shma korxonalar tashkil etilgan.

Ma'lumki, hozirgi vaqtda O'zbekiston MDH doirasidagi hamkorlar bilan uch jihatdan: siyosat va xavfsizlik, iqtisodiy va gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirmoqda. Bundan tashqari, erkin savdoning to'laqonli zonasini shakllantirish va MDH hududida transportning o'zaro bog'liqligini mustahkamlash ustuvor vazifalardan biri sanaladi.

Sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, oziq-ovqat, energetika va ekologik xavfsizlikni ta'minlashga qaratilgan milliy dastur va strategiyalarni amalga oshirishda sa'y-harakatlarni birlashtirishga katta e'tibor qaratilmoqda.

So'nggi yillarda O'zbekiston Hamdo'stlik faoliyatida ishtirokini kuchaytirdi, 40 dan ortiq ko'p tomonlama bitimlarni imzoladi, shuningdek, MDHning 23 tarmoq organlariga qo'shildi.