O‘zbekiston - Misr: oliy darajadagi muloqotlarning yaqin tarixi

Maʼlum qilinganidek, joriy yilning 20-21-fevral kunlari Shavkat Mirziyoyev Abdulfattoh As-Sisining taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Misr Arab Respublikasida bo‘ladi. Tabiiyki, siyosatga qiziquvchilarda avvallari ham bu kabi tashriflar o‘tkazilganmi yoki yo‘q degan savol paydo bo‘ladi.

“Bright Uzbekistan” ushbu tashrif doirasida O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi oliy darajadagi muloqotlarning yaqin tarixini tahlil qildi. To‘liq maqolani o‘qish uchun quyidagi havolani bosing:

O‘zbekiston tarixdan o‘z o‘rni, qadriyati va analarini xalqaro maydonda erkin shakllantira oldi. So‘nggi yillarda esa davlatimiz rahbari qator mamlakatlar bilan faol va samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqda.

Manbalarga ko‘ra, 2018-yilning 4-sentabr kuni Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan. Tashrif doirasida qator uchrushuvlar tashkil etilgan. Ikki mamlakat o‘rtasida o‘tkazilgan Biznes-forumda esa qiymati 400 mln dollarlik shartnomalar bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Turizm, investitsiya, soliq, adliya, qishloq xo‘jaligi, madaniy meros va sport sohalari, tashqi ishlar va yoshlar masalalari bo‘yicha 12 ta hujjat imzolangan.

2018-yilning 11-oktabrida Misr Bosh imomi, Al-Azhar majmuasi rahbari shayx Ahmad Muhammad Tayyib O‘zbekistonga kelgan va uni Prezident Shavkat Mirziyoyev qabul qilgan.

Uchrashuvda Xalqaro islom akademiyasi tarkibida Al-Azhar universiteti kafedrasini tashkil etish, misrlik taniqli olimlarning respublikada dars berishi, Al-Azhar magistraturasida yosh olimlarning imtiyozli tahsil olishi, ikki davlat ulamolarining qo‘shma Fatvo hayʼatini tuzish, ilmiy anjumanlarni o‘tkazish bo‘yicha takliflar qo‘llab-quvvatlangan.

Navbatdagi rasmiy uchrashuv ham mamlakatlarning tarix sahifasiga salmoqli hujjatlar bilan muhrlanishi kutilmoqda.