O'zbekiston ochiq va pragmatik tashqi siyosatni davom ettiradi

Shavkat Mirziyoyev dunyodagi hozirgi murakkab sharoitda ochiq va pragmatik, o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan tashqi siyosat izchil davom ettirilishini ta’kidladi.
Qayd etilishicha, O'zbekiston tashqi siyosatida bundan keyin ham asosiy e’tibor Markaziy Osiyodagi barcha qo‘shni mamlakatlar va dunyodagi strategik sheriklarimiz bo‘lgan davlatlar, xalqaro tashkilotlar bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirishga qaratiladi.
Milliy xavfsizlikni ta’minlash, Qurolli Kuchlar jangovar salohiyatini oshirish borasidagi ishlar yangi bosqichga olib chiqiladi.
"Biz jamiyatimizda har qanday radikallashuvga, yoshlarimiz ongini buzg‘unchi yot g‘oyalar bilan zaharlashga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga, ma’rifat o‘rnini jaholat egallashiga yo‘l qo‘ymaymiz", - deb qo'shimcha qildi Prezident.






