Oʼzbekiston ODIN reytingida 40-oʼringa koʼtarildi

Oʼzbekiston Respublikasi Open Data Inventory (ODIN) ochiq maʼlumotlar reytingida 66 ball bilan 40-oʼringa koʼtarildi hamda Markaziy Osiyoda 1-oʼrinni saqlab qoldi.

Ma’lumot o’rnida, Open Data Inventory (ODIN) – rasmiy statistika kamchiliklarini aniqlash, ochiq maʼlumotlar siyosatini ilgari surish, milliy statistika organlari bilan maʼlumotlardan foydalanuvchilar oʼrtasida muloqotni yaxshilash va ochiqlikni baholaydi.

Oʼzbekiston Open Data Inventory (ODIN) reytingida:

2015-yilda 125 ta mamlakat orasida 3 ball bilan 125-oʼrinda;
2016-yilda 173 ta mamlakat orasida 13 ball bilan 168-oʼrinda;
2017-yilda 180 ta mamlakat orasida 18 ball bilan 167-oʼrinda;
2018-yilda 178 ta mamlakat orasida 19 ball bilan 168-oʼrinda;
2020-yilda 187 ta mamlakat orasida 63 ball bilan 44-oʼrinda qayd etilgan.