O'zbekiston oziq-ovqat tizimlarini barqaror rivojlantirish yo'lida

BMTning oziq-ovqat tizimlari bo‘yicha xalqaro sammiti arafasida 2021-yil 29-iyunda BMT va O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘makni safarbar qilish va tahlikalarga javob qaytarish maqsadida bir qator milliy dialoglarni o‘tkazishdi.

BMT Bosh kotibi tomonidan ilgari surilgan BMTning 2021 yilgacha mo‘ljallangan oziq-ovqat tizimlari bo‘yicha sammitini o‘tkazish uchun O‘zbekistonda to‘rtta asosiy dialog tashkil etildi. Ushbu dialoglar jahonda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, iste’mol qilish usullarini transformatsiyalash maqsadida o‘tkazildi.

Yakuniy muloqotda O‘zbekistondagi xalqaro donor tashkilotlar, shu jumladan Yevropa Ittifoqi (YEI), Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) mamlakatda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shishga tayyor ekanliklarini ta’kidlashdi.

Shuni ta'kidlash kerakki, 126 dan ziyod a’zo davlatlar butun dunyo bo‘ylab milliy dialoglarni o‘tkazmoqdalar, zero ushbu dialoglar barqaror oziq-ovqat tizimlari milliy strategiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha oliy darajadagi Uchrashuvning asosiy qismidir.