Qanot Sharq aviakompaniyasi charter reyslarini ishga tushirdi

27 avgustdan boshlab O'zbekistonning birinchi xususiy yo'lovchi aviakompaniyasi Qanot Sharq Toshkent-Moskva-Toshkent yo'nalishida charter reyslarini yo'lga qo'yadi. Bu haqda " Alltrip.Uz " kompaniyasi xabar bermoqda.

Toshkent-Moskva yo'nalishida aviachiptalarning narxi 3 875 000 so'mdan boshlanadi, Moskva-Toshkent chiptalari 850 000 so'mga teng bo'ladi.