Oʻzbekiston raqamlashtirish bo‘yicha xalqaro reytinglarda sezilarli darajada ko'tarildi

BMT tomonidan har 2 yilda bir marta oʻtkaziladigan “Elektron hukumat” reytingi (e-government Survey) natijalariga koʻra, 2022-yilda Oʻzbekiston 18 pogʻonaga koʻtarilib, “yuqori/juda yuqori rivojlanish darajasi”ga ega mamlakatlardan biriga aylandi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ularning soni 1,2 barobarga, mobil ilovada esa 1,5 barobarga oshgan, yil boshidan buyon xizmatlardan jami 11,5 million marta foydalanilgan.

Shuningdek, 2022-yilda O‘zbekiston global raqamlashtirish bo‘yicha xalqaro reytingda sezilarli darajada ko‘tarildi. Xususan, Jahon bankining Govtech Enablers Index maʼlumotlariga koʻra, mamlakatimiz 2020-yilga nisbatan raqamli koʻnikmalar va davlat xizmatlari sohasida innovatsiyalar boʻyicha 65 pogʻonaga koʻtarilgan. GovTech sifat indeksiga ko‘ra, davlat xizmatlari sohasida mamlakatimiz 37 pog‘onaga ko‘tarilib, raqamli transformatsiya sohasida 198 yetakchi davlatning “A” guruhiga kirdi.

Bundan tashqari, “Oxford Insights” tomonidan hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksi tahlili shuni ko‘rsatadiki, 2022-yilda mamlakatimiz 160 mamlakat ichida 14 pog‘onaga ko‘tarilgan. Shuningdek, reyting statistikasiga ko‘ra, O‘zbekiston 2019-yilda 160 ta davlat orasida 158-o‘rin, 2020-yilda 95-o‘rin, 2021-yilda 93-o‘rin va 2022-yilda 79-o‘rinni egalladi.

2022-yil uchun “Ochiq ma’lumotlarning boshlanishi” tahliliga ko‘ra, ochiq ma’lumotlar manbalari soni bo‘yicha dunyoning 201 ta davlati orasida O‘zbekiston 124 ta ochiq ma’lumot manbasi bilan 4-o‘rinni egalladi (1-o‘rin AQSh – 641 ta manba, 2-o‘rin Fransiya – 381 ta manba, 3-Ispaniya - 307 ta manba). 2021-yilda ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha respublikamiz 99 ta manba bilan 5-o‘rinni egalladi.