O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari Islom taraqqiyot banki boshqaruvchilar guruhi kengashi raisi etib saylandi

O'zbekiston tarixida ilk bor Islom taraqqiyot banki (ITB) Boshqaruvchilar guruhi Kengashi raisi, bankning oliy boshqaruv organi raisi etib O'zbekiston Respublikasi bosh vazirining o'rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzaqov saylandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning oktyabr oyida Sardor Umurzakov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) Boshqaruvchilar Kengashi raisining o'rinbosari etib saylangan edi.