O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat Konstitutsiyasining 29 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi yo'lladi

Tabrikda Prezidentimiz ko'pmillatli xalqimizga qutlug' ayyom - Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 29 yilligi bilan chin qalbdan muborakbod etib, so'nggi yillardagi yurtimiz ravnaqi va yutuqlari haqida so'z olib bordilar.
"Aynan Konstitutsiyamizga tayanib, biz bundan besh yil oldin mamlakatimizda Harakatlar strategiyasini qabul qildik va Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlarni boshladik. O‘tgan qisqa davrda jamiyatimizning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy manzarasi butunlay o‘zgardi. Erkinlik va ochiqlik, qonun ustuvorligi, jahon hamjamiyati bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishiga aylandi." - deya Shavkat Mirziyoyev ta'kidlab o'tdilar.






