O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika telekanaliga bergan intervyusida Afg'onistondagi vaziyat haqida gapirdi

Joriy yilning 25-iyunida Amerikaning This is America TV telekanali uchun O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ishtirokida intervyu bo'lib o'tdi. Vazir Afg'onistondagi vaziyat va Tolibonning maqsadlari haqida so'zlab berdi.
Amerikalik teleboshlovchi Dennis Uolining "Tolibon" nimani xohlashi, u O'zbekiston va dunyo uchun qanday tahlika tug'dirishi va Afg'onistonning kelajagi nima bo'lishi haqida bergan savoliga Komilov, ular Afg'onistondagi qonuniy siyosiy kuch sifatida tan olinishni istashlarini aytdi. Tashqi ishlar vazirining so'zlariga ko'ra, toliblar boshqa davlatlarga tahdid solmaydi va Tolibon harakati rahbari Mulla Baradar Afg'onistonning har qanday tashkiloti O'zbekiston hududida terroristik harakatlarni amalga oshirishga yo'l qo'ymasligiga va'da berdi.
Abdulaziz Komilov «Tolibon» himoyachisi bo‘lishini xohlamasligini ta’kidladi, ammo u xalqaro hamjamiyat harbiy muxolifat va Afg'oniston hukumatiga kelishuv va milliy yarashuvga erishishda yordam berishi kerakligini qayd etdi.
«Ular ushbu maydonni kengaytirib, afg‘on jamiyati manfaatlari yo‘lida kelishuvga erishishlari kerak. Bundan tashqari, ayrim [muxolifat] vakillari, agar afg‘onlar prezidentlik respublikasini tanlasa, biz ham rozi bo‘lamiz, deb aytganini eshitdim», — dedi u.
Nega O'zbekiston Tolibon harakatida tahdidni ko'rmayapti?
«Bizda bir oz nekbinlik bor. Nima uchun? Chunki vaziyat o‘zgargan. Ikki yil oldin vaziyat qanday bo‘lganiga nazar tashlansa. Qanchalik ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Birinchidan, ikki tomon 40 yil ichida birinchi marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni boshladilar. Ularda o‘zlarining kun tartibi bor. Xalqaro hamjamiyat Afg‘onistonda tinchlik jarayoni va barqarorlikka erishishda yanada faol. „Tolibon“ ham kelishuvga erishish uchun shunday to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni xohlamoqda», — dedi vazir.
Shuningdek, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri «Tolibon» harakati terroristik tashkilot deb qaralishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
«Biz, albatta, kelishuv shartlarini bajaramiz. Shu nuqtai nazardan, biz kelajakda Afg‘onistondan O‘zbekistonga yoki boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlariga tahdid va xavf paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz deb aytishimiz mumkin… Kelgusida biz afg‘on tuprog‘ida radikal kayfiyatdagi guruhlar va tashkilotlar, terroristik guruhlar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz», — deya ta’kidladi «Tolibon»ning Doxadagi idorasi rahbari.






