O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Bosh kotib Bagdad Amreyev boshchiligidagi Turkiy kengash delegatsiyasini kutib oldi

O’zbekistonning Turkiy kengashga a’zo bo’lishi Tashkilot doirasidagi hamkorlikning har tomonlama rivojlanishiga turtki bo’lganligi ta’kidlab o’tildi.

O’zbekiston Turkiy dunyoning ajralmas qismi bo’lib, uning to’la huquqli a’zosi sifatida Turkiy kengash faoliyatiga faol qo’shilganligi ta’kidlandi.

Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya va madaniy-gumanitar, transport va logistika, turizm, yoshlar va sport sohalarida ko’p qirrali hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Turkiy xalqlarning iqtisodiy farovonligini oshirish va butun Turk dunyosini yanada yaqinlashtirishga hissa qo’shadigan amaliy ahamiyatga ega bo’lgan tashabbuslar va aniq loyihalar Tashkiloti doirasida keyingi taraqqiyotning muhimligiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Turkiy kengash davlat rahbarlarining bo’lajak sammitlari kun tartibi yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuvda Tashkilotga a’zo mamlakatlarda kichik va o’rta tadbirkorlikni rivojlantirishga ta’sir ko’rsatishga qaratilgan Qo’shma investitsiya jamg’armasini tezroq yaratish muhimligi ta’kidlandi.

Tomonlar, shuningdek, joriy yilda O’zbekistondagi bir qator muhim tadbirlarni, shu jumladan, turizm, qishloq xo’jaligi, yoshlar va sport ishlari bo’yicha vazirlar yig’ilishi, shuningdek, turkiy tilli davlatlarning yosh tadbirkorlari Forumini tashkil qilish masalalariga to’xtalib o’tdilar.

Uchrashuv yakunida Tomonlar a’zo davlatlar uchun ustuvor yo’nalishlarda o’zaro manfaatli ko’p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida, birgalikdagi sa’y-harakatlarni amalga oshirishga kelishib oldilar.