O'zbekiston - Rossiya: parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash

O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifi doirasida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T.Norboyeva Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Federatsiya Kengashi Raisi V.Matviyenko bilan uchrashdi.

Rossiya tomoniga respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar, davlatning asosiy pozitsiyalari va holatning baholanishi va Rossiya Federatsiyasi bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish istiqbollari to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.

Ikki mamlakat Prezidentlari Sh.Mirziyoyev va V.Putinning kuchli siyosiy irodasi va alohida shaxsiy munosabatlari tufayli ikki tomonlama hamkorlik barcha darajalarda jadal rivojlanib borayotgani ta'kidlandi.

V.Matviyenko O'zbekistonda fuqarolarning farovonligini oshirish maqsadida ochiq demokratik jamiyat qurishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan jadal o'zgarishlarni yuqori baholadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Rossiyaga yaqinlashib kelayotgan tashrifi munosabati bilan uchrashuv kun tartibini mazmunli to'ldirish bo'yicha muhim ishlar olib borilayotgani qayd etildi. Ikki tomonlama hujjatlarning katta to'plami tayyorlandi. Parlamentlar ularni amaliy amalga oshirishga hissa qo'shishlari zarur.

Uchrashuv chog’ida ikki mamlakat parlamentlari o'rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy sohada, ilm-fan, ta'lim, sog'liqni saqlash va boshqa sohalarda mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish masalalari ko'rib chiqildi.

Shu nuqtai nazardan, ikkinchi mintaqalararo hamkorlik Forumini o'tkazish muhimligini ta'kidlab o’tildi.

Muzokaralar yakunlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Federatsiya Kengashi o'rtasida mehnat migratsiyasi bo'yicha hamkorlik to'g'risida Memorandum imzolandi.