O'zbekiston, Rossiya va Tojikiston harbiylari Afg'oniston chegarasi yaqinida mashg'ulotlarni boshladi

Afg'oniston bilan chegaradagi Harb-Maydon poligonida Rossiya, Tojikiston va O'zbekiston qo'shma mashg'ulotlari boshlandi.

"Bugun biz Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston va O'zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari bo'linmalari bilan qo'shma mashg'ulotlarni ochyapmiz. Mashg'ulotning asosiy maqsadi harbiy jamoani mustahkamlash va davlatlarimiz qurolli kuchlari o'rtasidagi yaqin hamkorlikni kuchaytirishdir, hamda qo'shinlarning yuqori tayyorgarligi va kuchli ruhiy holatini tasdiqlashdir”, - dedi Markaziy harbiy okrug qo'shinlari qo'mondoni o'rinbosari Yevgeniy Poplavskiy.

Harb-Maydon poligonida qo'shma mashg'ulotlar 5–10-avgust kunlari bo'lib o'tadi. Rossiya, O'zbekiston va Tojikiston qurolli kuchlaridan 2,5 mingdan ziyod harbiy xizmatchi va 500 ga yaqin qurol va harbiy texnika jalb qilingan.