O'zbekiston Rossiyadan Toshkent metropoliteni uchun 10 ta poyezd sotib oladi

Yil oxirigacha O'zbekiston Rossiyaning Metrowagonmash kompaniyasidan 10 ta poezd sotib oladi, ularning har biri to'rtta vagondan iborat bo'ladi.
Toshkent metropoliteni uchun Rossiyaning 10 ta poezdini sotib olish 63 mln yevroga tushadi. Bu mablag'ning qariyb 50 million yevrolari vagonlarni sotib olish uchun, qolgan pul (valyutani konvertatsiya qilish, sug'urta qilish, bojxona to'lovlari) uchun sarflanadi.
Poyezdlar konditsioner, ventilyatsiya va havoni tozalash tizimlari bilan jihozlangan. Bosh vagonlarda ham nogironlar aravachalari uchun joylar mavjud.
Ayni paytda O'zbekiston poytaxtida shunday 5 ta poyezd harakatlanmoqda.






