O’zbekiston tarixida ilk bor dzyudo bo’yicha kattalar o’rtasida Jahon Chempionati

Joriy yilning 6-13-oktabr kunlari poytaxtimizdagi “Humo Arena” sport saroyida mamlakatimiz dzyudosi tarixida ilk bor kattalar o’rtasida Jahon Chempionati o’tkaziladi.

Sakkiz kun davomida dunyoning eng kuchli dzyudochilari "Humo Arena" tatamilarida jahon chempionati medallari hamda qimmatli reyting ochkolari uchun o'zaro bellashadilar. Ayni paytda yurtimizda ilk bor tashkil etilayotgan mazkur chempionatga yuqori darajali tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Ma’lum qilinishicha musobaqaning saralash bosqichlari har kuni 10:00 da va final bosqichlari 17:00 da boshlanadi.

Shuningdek, tantanali ochilish marosimi joriy yilning 9-oktabr kuni bo’lib o’tadi.