O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashda davom etmoqda

Avval xabar qilinganidek, tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Sherzod Asadov boshchiligidagi O'zbekiston TIV delegatsiyasi Varshavada. Bugun Polsha Savdo-sanoat palatasi bosh direktori Marek Klochko va Polsha korxonalarni rivojlantirish agentligi vitse-prezidenti Mirchin Chija bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Mamlakatlar o'rtasidagi hamkorlikning dolzarb savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy masalalari muhokama qilindi. Hamkorlikni mustahkamlashning ahamiyati tub mohiyat kasb etadi, bugungi kunda O'zbekistonda Polshadan sarmoyadorlar ishtirokida 39 ta korxona faoliyat yuritmoqda, ulardan 14 tasi energetika, to'qimachilik, farmatsevtika va qishloq xo'jaligi sohalarida 100% xorijiy kapital ishtirokida.

Ikki mamlakatning biznes vakillari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri muloqotni tashkil etish orqali o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish va o'zbek mahsulotlarini Polshaga eksport qilishni tashkil etish imkoniyatlarini o'rganish bo'yicha fikr almashildi.

Tomonlarning savdo-sanoat palatalari o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, bu yil qo'shma tadbirlarni, shu jumladan, O'zbekiston-Polsha biznes forumini tashkil etish bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi, deb xabar berdi "Dunyo" axborot agentligi.