Oʼzbekiston-Tojikiston qoʼshma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yigʼilishi

Joriy yilning 23-30-yanvar kunlari Dushanbe shahrida boʼlib oʼtgan uchrashuvda Oʼzbekiston-Tojikiston davlat chegarasining loyiha demarkatsiya chizigʼidan oʼtkazish masalalari, shuningdek demarkatsiya xaritalarini yaratishning texnologik jarayoni muhokama qilindi.
Muzokaralar doirasida Oʼzbekiston-Tojikiston va davlat chegaralarining alohida uchastkalarida dala oʼrganish ham oʼtkazildi. Tadbir yakunida tegishli Bayonnoma imzolandi. Ma’lum qilinischa, navbatdagi uchrashuv Oʼzbekiston hududida boʼlib oʼtadi.






