O'zbekiston Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari yakunida turkiyzabon davlatlar orasida 1-o'rinni egalladi

Dunyo bo'yicha AQSh, Xitoy, Yaponiya, Buyuk Britaniya va ROQ (Rossiya Olimpiya qo'mitasi) eng ko'p medal qo'lga kiritgan mamlakatlari ro'yxatiga kirdi.
Yetakchi davlatlar ro'yxati:
1) AQSh - 39 ta oltin, 40 ta kumush va 33 ta bronza.
2) Xitoy - 38 oltin, 32 kumush va 18 bronza.
3) Yaponiya - 27 oltin, 14 kumush va 17 bronza.
4) Buyuk Britaniya - 22 oltin, 21 kumush va 22 bronza.
5) ROQ (Rossiya Olimpiya qo'mitasi) - 20 ta oltin, 27 ta kumush va 23 ta bronza.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston 3 ta oltin 2 ta bronza medalini qo'lga kiritdi
Shunday qilib,
-Markaziy Osiyo davlatlari orasida 1 -o'rinni egalladi;
-Turkiyzabon davlatlar orasida 1-o'rin;
-MDH mamlakatlari orasida 2 -o'rin;
-Islom davlatlari orasida 2 -o'rin;
-Butun Osiyo qit'asi mamlakatlari orasida 5 -o'rin;
-Dunyoning barcha mamlakatlari orasida 32 -o'rin.






