O'zbekiston Turkiston uchun yangi masjid qurmoqda

Turkiston shahriga kiraverishda hozirda noyob masjid barpo etilmoqda. Yangi loyiha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda.
Bunday diqqatga sazovor joyning qurilishi qo'shni O'zbekistonning Turkistonga sovg'asi bo'lib, uni kelasi yili yakunlash rejalashtirilgan.
Muqaddas Turkistonda qurilayotgan yangi masjid 5 ming kishiga mo'ljallangan. Uning qurilishi zamonaviy talablar asosida olib borilmoqda. Islom markazining umumiy maydoni 20 ming kvadrat metrni tashkil etadi.






