O‘zbekiston Turkiyaga 170 tonna insonparvarlik yuki jo‘natgan

Turkiya OAV xabariga ko’ra, O‘zbekiston Turkiyaning zilziladan jabrlangan hududlariga hozirga qadar 170 tonna gumanitar yordam yuborgan.
Ma’lum qilinishicha, 45 tonna dori-darmon va tibbiy buyum, 8 tonna oziq-ovqat, 90 tonna kiyim-kechak, poyabzal, ko‘rpa-to‘shak, gigiyena vositalari, 130 generatordan iborat ashyolar, shuningdek 700 dona elektr isitgich va boshqa zarur buyumlar 6 ta yuk samolyoti va 7 ta yuk mashinasida Turkiyaning turli mintaqalariga yetkazilgan.
Istanbuldagi O‘zbekiston madaniyat, tadqiqot va birdamlik uyushmasi ko‘ngillilari va yurtimizdan borgan 100 kishilik qidiruv-qutqaruv guruhi ofat zonasida ishlamoqda. Dala shifoxonalarida esa 71 nafar o’zbek shifokorlar jabrlanganlarni davolamoqda.






