O'zbekiston-Turkmaniston: umumiy farovonlik yo'lidagi hamkorlik

O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Turkmaniston bilan ikki tomonlama hujjatlarni imzolash maqsadida Ashxobod shahriga tashrif buyurdi.

O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Turkmanistonga tashrifi doirasida 2021-yil 26-may kuni Ashxobodda quyidagi hujjatlar imzolandi:

O'zbekiston Respublikasi hukumati bilan Turkmaniston hukumati o'rtasida suv xo'jaligi masalalari bo'yicha O'zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qo'shma komissiyasi to'g'risidagi bitim;

O'zbekiston Respublikasi hukumati bilan Turkmaniston hukumati o'rtasida yerdan haq to'lash to'g'risidagi bitimga qo'shimcha kelishuv.

O'zbekiston tomonidan hujjatlarni tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Turkmaniston tomoni – Vazirlar Mahkamasi raisining o'rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov imzoladi.

Bunday hamkorlik ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga yordam beradi, shuningdek, transchegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalarida yanada yutuqlarga xizmat qiladi.

Muzokaralar yakunida davlatimiz delegatsiyasi tashrif davomida ko'rsatilgan mehmondo'stlik darajasi yuqori bo'lgani uchun minnatdorlik bildirdi. Uchrashuv davomida belgilangan yo'nalishlar doirasida o'zaro hamkorlikni faollashtirish bo'yicha o'zaro kelishuvga erishildi.