O'zbekiston Ukrainaga gumanitar yordam yubordi

O'zbekistondan yuborilgan gumanitar yuk Ukrainaga yetib bordi. Zakarpatya viloyati hokimi Viktor Mikita O'zbekiston hukumatiga ko'rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.
Zakarpatya viloyati ma'muriyati matbuot xizmatining xabariga ko'ra, joriy yilning, 8-aprel kuni O'zbekistondan yuborilgan gumanitar yuk Ukrainaga yetib bordi.
Viloyat rahbari Viktor Mikitaning so'zlariga ko'ra, og'irligi 34 tonnadan ortiq bo'lgan yuk gumanitar markazlaridan biriga kelgan. Unda dori-darmonlar, individual birinchi yordam to'plamlari, uzoq muddatli saqlashga mo'ljallangan oziq-ovqat kabi mahsulotlar mavjud.
Viktor Mikita O'zbekiston hukumatiga ko'rsatgan yordami va Ukrainaning O'zbekistondagi elchisi Nikolay Doroshenkoga samarali gumanitar koridor uchun minnatdorchilik bildirdi.






