O'zbekiston uran ishlab chiqaruvchi mamlakatlar reytingida 5-o'rinni egalladi

2020 - yilda O'zbekiston qazib olingan uran miqdori bo'yicha dunyoda beshinchi o'rinni egalladi va ishlab chiqarishni qisqartirmagan yagona mamlakat bo'lib qoldi. WNA hisob-kitoblariga ko'ra, 2020 — yilda O'zbekistonda 3500 tonna uran ishlab chiqarilgan. Ayni paytda O'zbekiston o'z iqtisodiyotida uranni amalda qo'llamaydi va ishlab chiqarilayotgan xom ashyoni chet elga to'liq eksport qiladi.
Tabiiy uran jahon zahiralari 6,14 mln tonnani tashkil etadi va bu mamlakatlar bo'ylab - Avstraliya 28%, Qozog'iston -15%, Kanada - 9% ulushiga to'g'ri keladi. Ularning ortidan 8% va 7% bo'lgan Rossiya va Namibiya bor. O'zbekiston 132 ming tonna (jahon zaxiralarining 2%) zaxiralari bilan dunyoda 11-o'rinni egallaydi.
"Navoiy kon-metallurgiya kombinati mamlakatimizda uran qazib olish va tayyor mahsulot eksportini amalga oshiruvchi yagona korxona hisoblanadi", - deydi NKMK boshlig'i o'rinbosari Nurmat Julibekov.
Bugungi kunda uran eksport uchun NKMK asosiy savdo hamkorlari Itochu va Marubeni kompaniyalari (Yaponiya), Nukem, Inc. (AQSh). Respublikada uranning asosiy tasdiqlangan, baholangan va prognozli zaxiralari Markaziy Qizilqum mintaqasida jamlangan.






