Oʼzbekiston va Аfgʼoniston temir yoʼllari oʼrtasida yuklar tashuvi tiklandi

Joriy yilning 8-10-fevral kunlari Termiz shahrida Аfgʼoniston temir yoʼllari boshqarmasi rahbari Bayturraxmon Sharofat boshchiligidagi afgʼon delegatsiyasi bilan uchrashuv oʼtkazildi.

Unda Аfgʼoniston temir yoʼl boshqarmasi va “Sogdiana trans ShK” oʼrtasida “Hayraton – Mozori-Sharif” temir yoʼlini ekspluatasiya qilishni kelgusida davom ettirish boʼyicha yangi shartnoma imzolashga kelishildi.

Shu bilan birga, Аfgʼoniston tomoniga yoʼnaltirilgan vagonlarni “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJning “Sogdiana trans” ShK tomonidan Xayraton stansiyasiga yetkazib berish joriy yilning 10-fevralidan qayta tiklandi.

Muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlar boʼyicha bayonnoma imzolandi.