O'zbekiston va AQSh strategik hamkorlik bo'yicha muloqot boshlashni rejalashtirmoqda

Ikki davlat rasmiylari birinchi uchrashuvni Toshkentda strategik hamkorlik muloqoti formatida o'tkazish rejalarini muhokama qilmoqdalar, deya xabar berdi O'zbekiston TIV matbuot kotibi va rasmiy vakili Yusuf Qobiljonov.

 

"Kun tartibida O'zbekiston va AQSh o'rtasidagi strategik hamkorlik muloqotining birinchi uchrashuvini Toshkentda tashkil etish masalasi turibdi", - dedi Qobuljonov chorshanba kuni bo'lib o'tgan brifingda.

 

Yangi formatdagi uchrashuv butun Markaziy Osiyo mintaqasi va O'zbekistonning xalqaro maydonda tutgan o'rni uchun dolzarb ahamiyatga ega. AQSh prezidenti Jo Bayden e'lon qilganidek, Afg'onistondan qo'shinlarni olib chiqish arafasida, O'zbekiston bilan hamkorlikni kuchaytirish AQSh uchun strategik ahamiyatga ega. Bundan tashqari, AQSh armiyasi chiqib ketganidan keyin tinchlikni ta'minlash O'zbekiston Respublikasi uchun ustuvor vazifadir. Markaziy Osiyo mintaqaviy hamkorlik yangi davriga qadam bosmoqda, O’zbekiston manfaatlari nuqtai nazaridan mintaqada tinchlik o’rnatish va Afg’onistonni mintaqa mamlakatlari bilan iqtisodiy munosabatlarga qo’shishdan iborat.

 

Toshkent va Vashington o'rtasidagi yangi formatdagi dialogni tashkil etish umumiy maqsadlarga erishishda o'zaro yordam xarakteriga ega bo'ladi.