O’zbekiston va BAA chaqaloqlar eshitish qobiliyatini tekshirishning universal tizimini joriy etadi

15-fevral kuni O‘zbekiston ishchi guruhi Birlashgan Arab Amirliklarida tashrifining ikkinchi kuni doirasida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov BAA sanoat va ilg‘or texnologiyalar vaziri – Masdar kompaniyasi boshqaruvi raisi Sulton Ahmad al-Jobir va ushbu mamlakatning bir qator yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvda, kimyo sanoati, metallurgiya va geologiya-qidiruv sohalarida joriy loyihalarni amalga oshirishning borishi va yangi sarmoyaviy tashabbuslarni amalga oshirish rejalari muhokama qilindi.
“Xalifa bin Zoid al-Nahayan jamg‘armasi” bosh direktori Muhammad Hoji al-Xuriy bilan uchrashuvda Nukus shahrida ayollar va bolalar klinikasini qurish loyihasi amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Qarshi va Toshkent shaharlarida ham shunday shifoxonalar qurish, shuningdek, O‘zbekistonda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni eshitish qobiliyatini tekshirishning universal tizimini joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.
International holding company bosh ijrochi direktori Sayyed Basar Shueb bilan O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash, energetika va boshqa tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
ADSSC bosh direktori A.Shamsi bilan uchrashuvda asosiy e’tibor Toshkent shahridagi oqava suv tizimini DXSh tamoyillari asosida takomillashtirish loyihasini amalga oshirishga qaratildi
RAK Ceramics kompaniyasi ijrochi direktori A.Massad bilan uchrashuvda O‘zbekistonning qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘nalishidagi sanoat salohiyati atroflicha ko‘rib chiqildi.






