O'zbekiston va Indoneziya o'rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash

2021 yil 17 may kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Indoneziya Respublikasi sanoat va rivojlanish masalalari bo’yicha parlament Vakillari palatasi spikeri o'rinbosari Rahmat Gobel bilan uchrashdi.

 

Yangi O'zbekiston barpo etilishi to’lqinida xorijiy davlatlar bilan hamkorlik rivojlanishning navbatdagi yangi bosqichiga o'tdi. Indoneziya va O'zbekistonning siyosiy, madaniy, gumanitar va diniy jihatlari bilan o'xshashliklarga ega, bu hamkorlikni rivojlantirishga yordam beradi, xususan, parlamentlararo sohada aloqalarni o'rnatish bo'yicha katta ishlar boshlab yuborildi.

 

Uchrashuv chog’ida tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning foydalanilmagan salohiyatini qayd etib, ikki mamlakat uchun ustuvor yo'nalishlarda qo'shma loyihalarni amalga oshirish orqali samarali o'zaro aloqalarni chuqurlashtirish va kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Parlamentlararo o'zaro aloqalarni kuchaytirish muhimligini ta'kidlab, tomonlar turli darajadagi tashriflar almashinuviga tayyorligini tasdiqladilar, doimiy muloqot, shuningdek, O'zbekiston va Indoneziya parlamentlari palatalarining soha qo'mitalarining aloqalari muhimligini ta'kidladilar.