O'zbekiston va Latviya ikki tomonlama hamkorligining «yo'l xaritasi» ishlab chiqilmoqda

Joriy yilning 9 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi transport vaziri Ilxom Mahkamov va Latviya Respublikasi transport vaziri Talis Linkaytsning videokonferensiya shaklidagi birinchi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Tadbirda, shuningdek, O'zbekistonning Latviyadagi elchisi Qadambay Sultonov, ikki mamlakat transport departamentlarining ixtisoslashtirilgan bo'linmalari rahbarlarining o'rinbosarlari ishtirok etishdi.

Tomonlar transport-logistika sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning jihatlari, shuningdek, O'zbekistondan Yevropa yo'nalishida eksport tovarlari bilan multimodal transport bilan ta'minlash uchun, shu jumladan Latviya infratuzilmasidan foydalangan holda o'zaro munosabatlar bo'yicha fikr almashdilar.

O'zbekiston va Latviya transport vazirliklari o'rtasidagi bo'lajak aloqalar jadvali muhokama qilindi.

Konferensiya yakunlari bo'yicha vazirlar transport-logistika sohasida amaliy hamkorlikni rivojlantirish uchun O'zbekiston-Latviya "Yo'l xaritasi" ni ishlab chiqish bo'yicha ko'rsatmalar berdilar.