O'zbekiston va Rossiya harbiylari qo'shma mashg'ulotlarni boshladi

O'zbekiston va Rossiya qurolli kuchlarining 1,5 mingdan ortiq harbiy xizmatchilari 5 kun davomida Termiz poligonida qo'shma mashg'ulotlar o'tkazmoqda.
Tadbir ikki mamlakat harbiy xizmatchilarining umumiy yig'ilishidan boshlandi. Rossiya Federatsiyasi, O'zbekiston Respublikasi davlat bayroqlarini tantanali ko'tarish va davlat madhiyalari ijro etilgandan so'ng, miting bo'lib o'tdi.
Tantanali nutqda Markaziy harbiy okrug shtabi boshlig'ining o'rinbosari, general -mayor Nikolay Tereshchenko va O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik bo'yicha o'rinbosari, polkovnik Qodir Tursunov harbiy xizmatchilarga muvaffaqiyatli hamkorlik tiladilar. Ular qo'shma mashg'ulotlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashiga ishonch bildirdi. Keyin tadbir ishtirokchilari Termiz bazasi parad maydoni bo'ylab yurishdi.
Rossiya harbiy xizmatchilari O'zbekiston tomonidan berilgan zirhli transport vositalarida vazifalarni bajaradi, deya xabar beradi Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.






