O'zbekiston va Rossiya o'rtasida logistika koridorini tashkil etish bo'yicha memorandum imzolandi

Avvalgi xabarlarimizda yozganimizdek, 22-iyun kuni O'zbekiston Bosh vaziri Rossiya hukumati rahbari bilan uchrashdi.

Muzokaralar davomida «UzAgroLogistics Centers» agrologistika markazi, «RJD Logistika» AJ va «Rossiya eksport markazi» "Rossiya-O'zbekiston" logistika koridorini rivojlantirish va "Agro Express" poyezdlarida agrosanoat import va eksport yuklarini tashishda hamkorlik to'g'risida bitim imzoladilar.

O'zbekistondan Rossiyaga birinchi "Agro Express" 2021 yilning kuzida jo'natish rejalashtirilgan.

«Bu O‘zbekistondagi yetkazib beruvchilar uchun ham, Rossiyadagi foydalanuvchilar uchun ham birdek manfaatli. Hujjat bilan Rossiyadagi Selyatino stansiyasidan O‘zbekistondagi Chuqursoy va Sergeli stansiyalariga tashish marshrutlari aniqlab berilgan, shuningdek boshqa yo‘nalishlar hisobidan qamrovni kengaytirish imkoniyatlari ko‘zda tutilgan", - dedi «UzAgroLogistics Centers» agrologistika markazi bosh direktori.

Ta'kidlash joizki, ushbu kelishuv Rossiya va O'zbekiston o'rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi. Shuningdek, logistika koridori mamlakatlar o'rtasidagi o'zaro rivojlanishning asosiy katalizatoridir.