O'zbekiston va Saudiya Arabistoni katta istiqbollar ostonasida

Jidda shahrida O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayevning Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Suhbat davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Saudiya Arabistoniga bo'lajak davlat tashrifiga birgalikda tayyorgarlik ko'rish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik sohasidagi aniq loyihalarni nazarda tutgan holda oliy darajadagi tashrifning kun tartibini iqtisodiy jihatdan boyitishni batafsil ko'rib chiqdilar. Bundan tashqari, O'zbekistonga qo'shimcha Saudiya Arabistoni investitsiyalarini jalb qilish masalalari muhokama qilindi. Yangi qo'shma loyihalarni amalga oshirishda yaqin hamkorlik qilishga o'zaro tayyorlik bildirildi.
O'zaro munosabatlarni faollashtirishning mavjud imkoniyatlarining tahlili natijalariga ko'ra, kutilayotgan oliy darajadagi tashrif mamlakatlar o'rtasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishiga ishonch bildirildi.






