O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasida yangi qatnov yo'lga qo'yilmoqda

O‘zbekiston xorijiy sayyohlar sonini yana-da oshirish maqsadida joriy yil boshida Saudiya Arabistoni Qirolligining “Flynas” aviakompaniyasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazib, “Ar-Riyod– Toshkent-Ar–Riyod” aviareyslarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirilgan.

Flynas 2007 yilda tashkil topgan. Flynas World Travel Awards tomonidan ketma-ket besh yil va Skytrax tomonidan ketma-ket uch yil davomida Yaqin Sharqning arzon narxlardagi yetakchi aviakompaniyasi deb topilgan. Usbu kompaniya eng yirik byudjet aviakompaniyalardan biri xisoblanadi.

Joriy yilning 5 avgust kuni (Toshkent vaqti bilan soat 12.30da, XY-359 reysi orqali) Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahridan “Flynas” aviakompaniyasi tomonidan Toshkent shahriga birinchi aviaparvoz amalga oshirildi.

Mazkur reys, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini yana-da mustahkamlashga hamda mamlakatimizga Saudiya Arabistoni Qirolligidan tashrif buyuruvchi turistlarning sonini oshishiga o‘z hissasini qo‘shadi.